35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA ICHKI KO‘CHALARI, OBODONLASHTIRISH VA TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA MAHALLA FAOLLARI: MUAMMOLAR O‘RGANILIB, YECHIMLAR MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
HUDUDDAGI QAROVSIZ SPORT MAYDONCHASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YOLG‘IZ KEKSALAR VA NOGIRONLIGI BO‘LGAN FUQAROLAR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
Murojaat e'tibordan chetda qolmaydi
янв.21
Chilonzor tumani hokimi va 4-Novza saylov okrugi deputati 24-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotini o‘rgandi
янв.21
Saylov okrugidagi dolzarb muammolar “Deputat daftari”ga qayd etilmoqda
янв.21
Mahalladagi muammolarni sheriklik loyihalari orqali hal etish imkoniyati
янв.21
Uyboshi va aholi bilan muloqot davomida mavjud muammolar muhokama qilindi
янв.21
Oqtepa mahallasi ichki ko‘chalaridagi muammolar o‘rganildi
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI ISHLAR VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining Agrar,suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi Ismailov Qamariddin Abduraximovich tomonidan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazilib, Parkent tumani Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi bo‘limida qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlar hamda “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarining bajarilishi holati ko‘rib chiqildi.O‘rganish davomida bo‘lim boshlig‘i E.Islomov bilan hududda agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda va sifatli tashkil etish, bog‘dorchilik yo‘nalishida shpaler tizimidan samarali foydalanish,mavjud yer maydonlaridan oqilona foydalanish hamda ilg‘or agrotexnologiyalarni amaliyotga joriy etish masalalari yuzasidan batafsil muloqot qilindi.Shu bilan birga, deputat tomonidan tumandagi dehqon xo‘jaliklarining umumiy soni, ularning amaldagi qonunchilik asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik holati, 2026-yilda yangidan tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklari, ular tasarrufidagi yer maydonlari, davlat ko‘magida ajratilayotgan subsidiyalar, imtiyozli kreditlar va boshqa qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlaridan foydalanish holati haqida mas’ullarning ma’lumotlari eshitildi.Nazorat tadbiri davomida qishloq xo‘jaligi sohasida uchrayotgan muammolar, ularni yuzaga keltirayotgan omillar hamda mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar ham atroflicha ko‘rib chiqildi.O‘rganish yakunlari bo‘yicha qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlantirish, dehqon xo‘jaliklari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ularning imkoniyatlarini kengaytirish, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonun talablariga to‘liq rioya etilishini ta’minlash, shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.  

Slide 1 of 4