35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaat e'tibordan chetda qolmaydi
янв.21
Chilonzor tumani hokimi va 4-Novza saylov okrugi deputati 24-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotini o‘rgandi
янв.21
Saylov okrugidagi dolzarb muammolar “Deputat daftari”ga qayd etilmoqda
янв.21
Mahalladagi muammolarni sheriklik loyihalari orqali hal etish imkoniyati
янв.21
Uyboshi va aholi bilan muloqot davomida mavjud muammolar muhokama qilindi
янв.21
Oqtepa mahallasi ichki ko‘chalaridagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 4-Novza saylov okrugi deputati, Chilonzor tumani hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev tomonidan "Novza" mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda hudud infratuzilmasini yanada takomillashtirish ishlari yuzasidan navbatdagi o‘rganishlari
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat mahalla ko‘chaboshisi bilan birgalikda Katta Chilonzor 4-tor ko‘chasiga chiqib, hududdagi holatni joyida o‘rgandi.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN IJTIMOIY XIZMATLAR VA MANZILLI YORDAM KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
Oqtepa mahallasi ichki ko‘chalaridagi muammolar o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 7-Oqtepa saylov okrugi deputati Mamatqulov Ilhom Abdurashidovichga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi H. Mirzayeva tomonidan Oqtepa mahallasi hududidagi ichki ko‘chalarning holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahalla raisi hamda aholi vakillari bilan suhbat o‘tkazildi. Ularning ma’lum qilishicha, mahalladagi 1, 2, 3, 4, 5, 6 va 7-uylar oldidagi ichki ko‘chalar avval sement-beton qoplamasi bilan ta’mirlangan. Biroq qish mavsumidagi anomal sovuq hamda muzlamaga qarshi sepilgan tuzlar ta’sirida beton qoplamaning sifati yomonlashgan. Natijada beton tarkibidagi mayda shag‘allar yer yuzasiga chiqib qolgan bo‘lib, bu piyodalar harakati uchun noqulaylik tug‘dirmoqda va aholi tomonidan mazkur holat yuzasidan tez-tez murojaatlar kelib tushmoqda.
Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli ma’lumotlar deputat Ilhom Mamatqulovga yetkazildi. Mazkur masalani ijobiy hal etish hamda ichki ko‘chalarni ta’mirlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish yuzasidan tegishli ishlar belgilandi.

Slide 1 of 4