35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA ICHKI KO‘CHALARI, OBODONLASHTIRISH VA TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA MAHALLA FAOLLARI: MUAMMOLAR O‘RGANILIB, YECHIMLAR MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
HUDUDDAGI QAROVSIZ SPORT MAYDONCHASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YOLG‘IZ KEKSALAR VA NOGIRONLIGI BO‘LGAN FUQAROLAR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
Murojaat e'tibordan chetda qolmaydi
янв.21
Chilonzor tumani hokimi va 4-Novza saylov okrugi deputati 24-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotini o‘rgandi
янв.21
Saylov okrugidagi dolzarb muammolar “Deputat daftari”ga qayd etilmoqda
янв.21
Mahalladagi muammolarni sheriklik loyihalari orqali hal etish imkoniyati
янв.21
Uyboshi va aholi bilan muloqot davomida mavjud muammolar muhokama qilindi
янв.21
Oqtepa mahallasi ichki ko‘chalaridagi muammolar o‘rganildi
Xo‘ja Uchqun mahallasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xo‘ja Uchqun mahallasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Suhrob Saifnazarov tomonidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i M. Adilov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📩 Deputatlik so‘rovi Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi raisining 2026-yil 3-iyuldagi 80-kx-421-26-sonli murojaati hamda hududda o‘tkazilgan o‘rganishlar asosida tayyorlandi.

🚗 Murojaatda joriy yil iyun oyida “Xo‘ja Uchqun” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi va aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazilgani, unda hududdagi eng dolzarb muammolardan biri – markaziy yo‘lda yo‘l harakati xavfsizligi masalasi muhokama qilingani qayd etilgan.

⚠️ Ta’kidlanishicha, mazkur ichki yo‘l Yangihayot va Bektemir tumanlarini bog‘lovchi asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Yo‘l to‘liq ta’mirlanib foydalanishga topshirilgach, transport vositalarining yuqori tezlikda harakatlanishi holatlari keskin ko‘paygan. Natijada so‘nggi uch oy davomida ikki marotaba og‘ir yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan bo‘lib, ulardan biri fojiali oqibat bilan yakunlangan.

📝 Shu munosabat bilan deputat Suhrob Saifnazarov tomonidan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalari asosida Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i M. Adilovdan “Xo‘ja Uchqun” mahallasi ko‘chalarida O‘z DSt 3283:2019 talablari asosida sun’iy notekisliklar, zarur yo‘l belgilari, yo‘l chiziqlari, tezlikni cheklovchi texnik vositalar hamda piyodalar xavfsizligini ta’minlovchi muhandislik inshootlarini o‘rnatish masalasini o‘rganish, transport oqimining mahalla hayotiga ta’sirini kompleks tahlil qilish va harakatni tartibga solish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish so‘raldi.

🔺 Deputatlik so‘rovida amalga oshirilgan o‘rganishlar hamda qabul qilinadigan chora-tadbirlar yuzasidan 10 kun muddatda asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish talab etilgan.

🤝 Mazkur masala mahalla hududida yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirish, fuqarolar, ayniqsa bolalar va piyodalarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida deputat tomonidan nazoratga olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1