35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA ICHKI KO‘CHALARI, OBODONLASHTIRISH VA TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA MAHALLA FAOLLARI: MUAMMOLAR O‘RGANILIB, YECHIMLAR MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
HUDUDDAGI QAROVSIZ SPORT MAYDONCHASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YOLG‘IZ KEKSALAR VA NOGIRONLIGI BO‘LGAN FUQAROLAR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
Murojaat e'tibordan chetda qolmaydi
янв.21
Chilonzor tumani hokimi va 4-Novza saylov okrugi deputati 24-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotini o‘rgandi
янв.21
Saylov okrugidagi dolzarb muammolar “Deputat daftari”ga qayd etilmoqda
янв.21
Mahalladagi muammolarni sheriklik loyihalari orqali hal etish imkoniyati
янв.21
Uyboshi va aholi bilan muloqot davomida mavjud muammolar muhokama qilindi
янв.21
Oqtepa mahallasi ichki ko‘chalaridagi muammolar o‘rganildi
Ijtimoiy reyestrdagi oila holati joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Mavlonqulov tomonidan Achchiqko‘l saylov okrugi tarkibidagi Achchiqko‘l mahallasida mahalla raisi hamda ijtimoiy xodim bilan birgalikda navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Oq yo‘l ko‘chasi 31-uyda istiqomat qiluvchi, ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqaro Z.Jo‘rayevaning oilaviy holati, yashash sharoiti hamda mavjud ehtiyojlari joyiga chiqqan holda atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning may oyida deputat tomonidan mazkur oila ahvoli o‘rganilib, ularning uy-joyini ta’mirlash masalasi bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan amaliy ishlar olib borilgan edi. Mazkur sa’y-harakatlar natijasida oila uyining tom qismini ta’mirlash uchun zarur qurilish ashyolari ajratildi.

O‘rganish davomida fuqaroning yashash sharoitini yanada yaxshilash, ta’mirlash ishlarini belgilangan tartibda davom ettirish hamda ehtiyojmand oilaga amaliy yordam ko‘rsatish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6