35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN IJTIMOIY XIZMATLAR VA MANZILLI YORDAM KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi: OILALAR MUSTAHKAMLIGI VA DOLZARB IJTIMOIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AHOLI MUROJAATI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
ISSIQ SUV TA’MINOTI MASALASI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
"Hokim deputatlik okrugida o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda"
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolarning huquq va manfaatlari e’tiborda
янв.21
"Hokim deputatlik okrugida o‘rganishlar olib bormoqda"
янв.21
HURMATLI TUMANIMIZ AHOLISI!
янв.21
Uyboshilar bilan uchrashuvlarda aholi muammolari muhokama qilindi
Fuqarolar murojaati deputat nazoratiga olindi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati A.Avazov tomonidan Mingchinor mahallasida fuqarolar bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida hududdagi 5-sonli va 16-sonli umumta’lim maktablari hamda 9-sonli DMTTni bog‘lovchi "Kamoliddin Behzod", "Oltin zamin" va "Alpomish" ko‘chalari bo‘ylab piyodalar yo‘lagi mavjud emasligi yuzasidan murojaat bildirildi.

Ta’kidlanganidek, piyodalar yo‘lagi yo‘qligi sababli o‘quvchilar, tarbiyalanuvchilar, ota-onalar va boshqa fuqarolar avtomobil qatnov qismida harakatlanishga majbur bo‘layotgani yo‘l-transport hodisalari xavfini oshirmoqda.

Mazkur murojaat deputatning "Yon daftari"ga kiritilib, piyodalar yo‘lagi (trotuar) qurish hamda zarur yo‘l harakati xavfsizligi belgilarini o‘rnatish masalasini hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi kiritish bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Slide 1 of 4