35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Hokim deputatlik okrugida o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda"
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolarning huquq va manfaatlari e’tiborda
янв.21
"Hokim deputatlik okrugida o‘rganishlar olib bormoqda"
янв.21
HURMATLI TUMANIMIZ AHOLISI!
янв.21
Uyboshilar bilan uchrashuvlarda aholi muammolari muhokama qilindi
янв.21
"Deputat daftari" – muammolarni tizimli hal etishning muhim vositasi
янв.21
24-muhim tavsiya doirasida: Boshqaruv kompaniyalari faoliyati deputat nazoratida
янв.21
24-Botirma saylov okrugida bandlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI SARHISOBI
янв.21
3-Katta Chilonzor saylov okrugida hududni o‘rganish ishlari amalga oshirildi
Uyboshilar bilan uchrashuvlarda aholi muammolari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, XDP a’zosi Ahmedov Shuxrat Murotovich tomonidan o‘z saylov okrugi hududidagi muammolarni joyida o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Navbatdagi o‘rganishlar davomida deputat Dilxush ko‘chasidagi 12-sonli ko‘p qavatli uy uyboshi Zakirova Nargiza Mirpayozovna bilan uchrashib, mazkur hududdagi mavjud muammolar va aholini qiynayotgan masalalarni atroflicha muhokama qildi.
Suhbat davomida ko‘p qavatli uyga xizmat ko‘rsatish sifati, obodonlashtirish, hudud tozaligi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda aholi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar "Deputat daftari"ga qayd etildi.
Aniqlangan masalalarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, ularning ijrosini nazoratga olish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topish bo‘yicha tegishli choralar belgilanmoqda.

Slide 1 of 1