35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISSIQ SUV TA’MINOTI MASALASI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
"Hokim deputatlik okrugida o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda"
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolarning huquq va manfaatlari e’tiborda
янв.21
"Hokim deputatlik okrugida o‘rganishlar olib bormoqda"
янв.21
HURMATLI TUMANIMIZ AHOLISI!
янв.21
Uyboshilar bilan uchrashuvlarda aholi muammolari muhokama qilindi
янв.21
"Deputat daftari" – muammolarni tizimli hal etishning muhim vositasi
янв.21
24-muhim tavsiya doirasida: Boshqaruv kompaniyalari faoliyati deputat nazoratida
янв.21
24-Botirma saylov okrugida bandlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI SARHISOBI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 🏘"Qo‘rg‘on" mahallasida aholi muammolari va ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan o‘rganish olib borildi

🤝 Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 4-Sherobod saylov okrugi deputati R. Xolmirzayeva hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 13-Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati N. Saidova tomonidan “Qo‘rg‘on” mahallasida deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

📍 O‘rganish davomida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholini qiynayotgan muammolar hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar atroflicha muhokama qilindi.

👥 Shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta'minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda mahallada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

📝 Aniqlangan muammo va takliflarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, fuqarolar murojaatlarining ijrosini ta'minlash hamda deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

✅ Bunday o‘rganishlar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, hududlarni kompleks rivojlantirish va mavjud muammolarga amaliy yechim topishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3