Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Хamidov Mingchinor mahallasida bo‘lib, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda ijtimoiy xodim faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida mahallada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi muammolarini o‘rganish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash hamda ijtimoiy himoya yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, deputat mahalla hududida mavjud muammolarni tizimli hal etish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va davlat dasturlari ijrosini samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Uchrashuv yakunida mahalla faollari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholi manfaatlarini ta’minlash hamda hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.