Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDA MADANIYAT VA SAN’AT YO‘NALISHIDAGI TANLOVLAR TASHKIL ETILADI
янв.21
5-CHARX KAMOLON SAYLOV OKRUGI DEPUTATI MAHMUDOVA DONOXON ARTIKOVNA SAYLOVCHILARGA 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
янв.21
IJOD VA MA’RIFAT UCHRASHUVLARI BOSHLANADI
янв.21
CHILONZORDA "USTOZ AI” LOYIHASI TASDIQLANDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat D. Maxmudova O‘zbekiston Respublikasining Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida ”gi №O‘RQ-415 sonli Qonuniga asosan okrug mahallalarida nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati bilan tanishdi.
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Anomal issiq kunlarda jonivorlarga mehr va e’tibor ko‘rsataylik !
янв.21
"Toshkent tajribasi" loyihasi ijrosi ta'minlanmoqda !
янв.21
Deputat Maxmudova Donoxon Artikovna tomonidan 5-Charx Kamolon saylov okrugi hududidagi 2-Charx Kamolon mahallasida probatsiya nazoratidagi fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
“DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDA MADANIYAT VA SAN’AT YO‘NALISHIDAGI TANLOVLAR TASHKIL ETILADI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2026-yil 7-iyuldagi III-22-66-14-204-K/26-son qarori bilan Chilonzor tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasini samarali amalga oshirish yuzasidan qator vazifalar belgilandi.

Mazkur qarorga muvofiq, yoshlarning iste’dod va iqtidorini namoyon etishi, ularning bilim va salohiyatini yanada mustahkamlash, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda madaniyat va san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Bo‘zatov FEST” hamda “Mohir fortepianochi” tanlovlarini tashkil etish belgilangan.

Ushbu tanlovlar iyul–avgust oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan .

Mazkur tanlovlar yoshlarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, ularning san’at va madaniyat sohasidagi qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kitobxonlikni keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi tomonidan qabul qilingan ushbu qaror yoshlar siyosatini izchil amalga oshirish, iste’dodli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijodiy tashabbuslarini rag‘batlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 1