Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yoshlar 1+1” dasturi doirasidagi ishlar izchil amalga oshirilmoqda
янв.21
Bo‘rijar mahallasida aholi bandligi masalalari o‘rganildi.
янв.21
15-Naqqoshlik saylov okrugida ko‘p kvartirali uylarni boshqarish sohasidagi qonunchilik ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Chilonzor tuman hokimligida “Situatsion markazi” tashkil etildi
янв.21
«Lutfiy» MFYda Xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Chilonzor tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida 2026-yil iyul–avgust oylarida yoshlar o‘rtasida shaxmat sport turini keng ommalashtirish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, strategik va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “UzChess” loyihasi amalga oshiriladi.
янв.21
10-Xalqlar do‘stligi saylov okrugi deputati Isxakov Doniyor Maxmudovich hududda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati bilan tanishdi.
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
“DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDA MADANIYAT VA SAN’AT YO‘NALISHIDAGI TANLOVLAR TASHKIL ETILADI
янв.21
5-CHARX KAMOLON SAYLOV OKRUGI DEPUTATI MAHMUDOVA DONOXON ARTIKOVNA SAYLOVCHILARGA 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
Konstitutsiyani o‘rganamiz: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 120-moddasi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 120-moddasi mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari – xalq deputatlari Kengashlarining konstitutsiyaviy maqomi, faoliyatini tashkil etish hamda ularning rahbarlariga oid muhim normalarni belgilaydi.

Mazkur moddaga ko‘ra, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlari hisoblanadi. Ular hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy budjetni tasdiqlash va uning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish, hududdagi dolzarb masalalarni ko‘rib chiqish hamda fuqarolar manfaatlarini ifoda etishda muhim o‘rin tutadi.

Konstitutsiyaga muvofiq, xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan qonunda belgilangan tartibda saylanadigan rais boshchilik qiladi.

 Shuningdek, Konstitutsiyaga kiritilgan muhim demokratik yangiliklardan biri sifatida viloyat, tuman va shahar hokimi bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari Kengashi raisi lavozimini egallashi mumkin emasligi belgilangan. Mazkur norma mahalliy vakillik va ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini o‘zaro muvozanatlash, Kengashlarning mustaqilligini ta'minlash hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.

🗳 Konstitutsiyada xalq deputatlari Kengashlari besh yil muddatga saylanishi belgilangan. Shu bilan birga, ayni bir shaxs ketma-ket ikki muddatdan ortiq ayni bir viloyat, tuman yoki shahar xalq deputatlari Kengashining raisi etib saylanishi mumkin emas. Bu norma rahbarlik lavozimlarida ochiqlik, yangilanish va samarali boshqaruv tamoyillarini ta'minlashga qaratilgan.

Shuningdek, xalq deputatlari Kengashlari deputatlarini saylash tartibi hamda Kengashlar faoliyatini tashkil etish masalalari alohida qonunlar bilan tartibga solinadi. Yangidan tashkil etilgan ma'muriy-hududiy birliklarda esa xalq deputatlari Kengashlariga saylov navbatdagi umumiy saylovlarga qadar qolgan muddatdan oshmaydigan davr uchun o‘tkaziladi.

Konstitutsiyaning 120-moddasi mahalliy vakillik hokimiyati organlarining huquqiy maqomini belgilab, ularning mustaqil, ochiq va samarali faoliyat yuritishi hamda hudud aholisining manfaatlarini ifoda etishiga xizmat qiluvchi muhim konstitutsiyaviy asos hisoblanadi.