Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat U. Raximjonov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Utegenov Oltin vodiy mahallasida bo‘ldilar.
Tashrif davomida yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlarning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi o‘rganildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ–406-son Qonuni ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirilib, qonun talablarining amaliyotdagi ijrosi muhokama qilindi.