Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDA MADANIYAT VA SAN’AT YO‘NALISHIDAGI TANLOVLAR TASHKIL ETILADI
янв.21
5-CHARX KAMOLON SAYLOV OKRUGI DEPUTATI MAHMUDOVA DONOXON ARTIKOVNA SAYLOVCHILARGA 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
янв.21
IJOD VA MA’RIFAT UCHRASHUVLARI BOSHLANADI
янв.21
CHILONZORDA "USTOZ AI” LOYIHASI TASDIQLANDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat D. Maxmudova O‘zbekiston Respublikasining Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida ”gi №O‘RQ-415 sonli Qonuniga asosan okrug mahallalarida nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati bilan tanishdi.
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Anomal issiq kunlarda jonivorlarga mehr va e’tibor ko‘rsataylik !
янв.21
"Toshkent tajribasi" loyihasi ijrosi ta'minlanmoqda !
янв.21
Deputat Maxmudova Donoxon Artikovna tomonidan 5-Charx Kamolon saylov okrugi hududidagi 2-Charx Kamolon mahallasida probatsiya nazoratidagi fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
Nigora Eshmetova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Asomiddinovna Eshmetova tomonidan 39-"Minor" saylov okrugi saylovchilari uchun Yunusobod tumanidagi "Qashqar" mahallasida 2026-yilning ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha navbatdagi ochiq axborot uchrashuvi o‘tkazildi. Unda Yunusobod tumani hokimligi mas’ul xodimlari, mahalla raisi va faollari, "Oqila ayollar" harakati vakillari, profilaktika inspektorlari, tibbiyot xodimlari hamda fuqarolar ishtirok etdi.

📝 Uchrashuv davomida deputat 2026-yilning ikkinchi choragi mobaynida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan batafsil axborot berdi. Xususan, saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar va qabullar o‘tkazilgani, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda tizimli ishlar olib borilgani ta’kidlandi. Zarur masalalar bo‘yicha deputatlik so‘rovlari yuborilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olingani qayd etildi.

🔺 Deputat o‘z axborotida ikkinchi chorak davomida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyalarida hamda tegishli doimiy komissiyalar faoliyatida faol ishtirok etganini alohida ta’kidladi. Sessiyalarda hududlarni kompleks rivojlantirish, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, kommunal infratuzilmani takomillashtirish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, sog‘liqni saqlash, jamoat xavfsizligi va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobot hamda axborotlari eshitilib, tegishli qarorlar qabul qilingani haqida ma’lumot berdi.

🔎 Shuningdek, deputat tomonidan saylov okrugida olib borilgan o‘rganishlar davomida ichki yo‘llar, transport harakatini tartibga solish, obodonlashtirish, sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyati, mahalla infratuzilmasini yaxshilash hamda fuqarolar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishga qaratilgan masalalar yuzasidan monitoring ishlari amalga oshirilgani qayd etildi. Bildirilgan taklif va muammolar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilayotgani ta’kidlandi.

💬 Ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan mahallaga kiruvchi transportlar harakatini tartibga solish, yo‘l harakati xavfsizligini oshirish hamda hudud infratuzilmasini yanada yaxshilashga oid taklif va murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ul tashkilotlar ishtirokida muhokamalar o‘tkazilib, ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

✅ Yakunda taqdim etilgan axborot yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan ma’lumot uchun qabul qilinib, saylovchilar bilan ochiq muloqotlarni izchil davom ettirish, ko‘tarilgan masalalarni tegishli idoralar bilan hamkorlikda hal etish hamda ularning ijrosini doimiy deputatlik nazoratida olib borish yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7