Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 33-Eshonguzar saylov okrugi deputati N. Shek hamda tuman Kengashi deputati G.Tursunova navbatdagi fuqarolar qabulini o'tkazib, aholi murojaatlarini tingladilar.
♻️Qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, bandlik, kommunal xizmatlar, infratuzilmani yaxshilash hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat deputatlar tomonidan atroflicha o'rganilib, ularni qonunchilik doirasida hal etish bo'yicha tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.
♻️Shuningdek, mas'ul tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda yechim talab etadigan masalalar nazoratga olinib, ularning ijrosi yuzasidan tegishli choralar ko'rilishi belgilandi.