Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati F. Aminov, Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, deputat Sh. Isamutdinov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z. Temirova ishtirokida saylov okrugidagi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda ijtimoiy sohada olib borilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi. Saylovchilar hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, yaratilayotgan qulayliklar va fuqarolar uchun ko‘rsatilayotgan e’tibor uchun mutasaddilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati