Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Anomal issiq kunlarda jonivorlarga mehr va e’tibor ko‘rsataylik !
янв.21
"Toshkent tajribasi" loyihasi ijrosi ta'minlanmoqda !
янв.21
Deputat Maxmudova Donoxon Artikovna tomonidan 5-Charx Kamolon saylov okrugi hududidagi 2-Charx Kamolon mahallasida probatsiya nazoratidagi fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat Maxmudova Donoxon Artikovna tomonidan 5-Charx Kamolon saylov okrugi hududidagi 2-Charx Kamolon mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
5-Charx Kamolon saylov okrugi hududidagi 2-Charx Kamolon mahallasida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
24-Botirma saylov okrugidagi Zarqo‘rg‘on mahallasida yana bir muhim ijtimoiy loyiha amalga oshirilmoqda
янв.21
MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASINI TA'MIRLASH UCHUN MABLAG‘ AJRATILDI
янв.21
DEPUTAT FUQAROLAR MUROJAATLARI VA IJTIMOIY MASALALAR HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
23-Yakkatut saylov okrugida yoshlar yetakchisi faoliyati va yoshlar bandligi masalalari atroflicha o‘rganildi
FERMERLIK FAOLIYATIGA OID QONUNCHILIK MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI

 FERMERLIK FAOLIYATIGA OID QONUNCHILIK MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M. Akramov tomonidan tuman
Kengashi doimiy komissiyalari faoliyati doirasida o‘ziga biriktirilgan tuman
Qishloq xo‘jaligi bo‘limida muassasa xodimlari ishtirokida huquqiy targ‘ibot
tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati A.
Mo‘minov hamda tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar guruhi a’zosi J.
Abdurashidov ishtirok etdi.


Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustdagi “Fermer
xo‘jaligi to‘g‘risida” Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi
O‘RQ - 662-II-son Qonunning mazmun-mohiyati, fermer xo‘jaliklari faoliyatini
yanada takomillashtirish, yer resurslaridan samarali foydalanish, sohadagi
huquq va majburiyatlar hamda amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan
ishtirokchilarga batafsil tushunchalar berildi.


Shuningdek, tadbirda qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etish, huquqiy
madaniyatni yuksaltirish va sohadagi islohotlarning mazmun-mohiyatini keng
jamoatchilikka yetkazish muhimligi ta’kidlandi. Tadbir yakunida
ishtirokchilarning savollariga javoblar berilib, huquqiy targ‘ibot ishlarini
yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.
  

Slide 1 of 6