Uchrashuv davomida yoshlarni qiziqtirayotgan dolzarb masalalar, ta’lim olish imkoniyatlari, kasb-hunar egallash, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot jarayonida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavjud muammo va takliflarini bildirdilar. Deputat tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi hamda ayrim murojaatlarni amaliy hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirish choralari belgilandi.
Shuningdek, yoshlarni Vatanga sadoqat, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning intellektual salohiyatini oshirish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur ochiq muloqot yoshlar bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, ularning fikr va takliflarini o‘rganish hamda hududdagi mavjud muammolarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etdi.