Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (22–26-iyun)
янв.21
Navbatdagi sessiya masalasi joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha ishlar deputat nazoratida olib borilmoqda
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan tumandagi Navbahor mahallasida joylashgan “Bilim kutubxona markazi”da yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
янв.21
Yakkatut” mahallasida “Mening bog‘im” loyihasi doimiy komissiya majlisida muhokama qilindi.
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Deputat nazorati doirasida yuzaga kelgan muammo ijobiy hal etildi
янв.21
Nazorat va ijro — deputatlik faoliyatining muhim mezoni
Fuqarolar murojaatlari deputat nazoratida

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov tomonidan Orolbo‘yi mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda mahalla raisi A.Mamadaliyev, mahalla nuroniylari, faollar hamda fuqarolar ishtirok etib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini qiynayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar xususan ichimlik suvidagi tez-tez uzilishlar, obodonlashtirish ishlari hamda boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha murojaatlar bildirildi. Ushbu murojaatlar deputatning ko‘cha aylanish daftariga qayd etildi.

Shuningdek, ko‘tarilgan masalalarning ijobiy yechimini ta’minlash maqsadida tegishli ijrochi tashkilotlar rahbarlariga deputat so‘rovlari yuborilishi belgilandi.

Uchrashuv ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tib, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 9