Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (1–5-iyun)
янв.21
✔️ DEPUTATLIK SO‘ROVI QANOATLANTIRILDI.
янв.21
“Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonun haqida qisqacha ma’lumot.
янв.21
Elektron tijorat to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, №O‘RQ-792, Qabul qilingan sana 29.09.2022 SAVOLNOMA
янв.21
Katta Do‘mbirobod aholisini qiynayotgan transport va yo‘l muammolari yuzasidan deputat M. Nazirov tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
YUKSAK MA’RIFATLI AVLOD — UCHINCHI RENESSANS POYDEVORI
янв.21
Qurigan daraxtlar aholi hayotiga xavf solmoqda!
янв.21
"Yakkatut" MFY fuqarolari murojaati yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
➡️Davlat xaridlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, №O‘RQ-684, Qabul qilingan sana 22.04.2021 SAVOLNOMA
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashidagi XDP guruhi tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati o‘rganildi.
Sayyor qabul — aholi dardiga yechim maydoni

Pastdarg‘om tumanida tashkil etilgan navbatdagi sayyor qabul fuqarolar bilan ochiq va samarali muloqot maydoniga aylandi.

Go‘zalkentdagi “Yoshlar istirohat” bog‘ida o‘tkazilgan uchrashuvda deputatlar hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etib, aholining dolzarb muammolari tinglandi.

📌 Qabulda ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr ta’minotini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, xotin-qizlar va yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish kabi muhim masalalar ko‘tarildi.

👥 Qariyb 300 nafar fuqaro qatnashgan sayyor qabulda 70 dan ortiq murojaat kelib tushdi.

Quvonarlisi, ularning 20 tadan ziyodi shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi.

✅ Jumladan:
— Mash’al MFY fuqarosi Dildora Haydarovaning suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha murojaati;
— Mehnat MFYidan Tursunoy Mamasoliyeva uchun davolanish orderi ajratish haqidagi murojaat ijobiy yechim topdi.

🤝 Xalq bilan muloqot - xalq ishonchi va farovonligi yo‘lidagi muhim qadamdir.

Slide 1 of 8