Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YUKSAK MA’RIFATLI AVLOD — UCHINCHI RENESSANS POYDEVORI
янв.21
Qurigan daraxtlar aholi hayotiga xavf solmoqda!
янв.21
"Yakkatut" MFY fuqarolari murojaati yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
➡️Davlat xaridlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, №O‘RQ-684, Qabul qilingan sana 22.04.2021 SAVOLNOMA
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashidagi XDP guruhi tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati o‘rganildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (25–26-may)
янв.21
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, №O‘RQ-763, Qabul qilingan sana 12.04.2022
янв.21
Beshqo‘rg‘on mahallasi hududida obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash ishlari olib borildi
янв.21
Chilonzor tuman Hokimi S.Xolxo‘jaev xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputatlariga Farmasevtika sanoatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida hisobot berdi.
янв.21
SAVOL-JAVOB
YUKSAK MA’RIFATLI AVLOD — UCHINCHI RENESSANS POYDEVORI

Bugun Chilonzor tumanidagi umumta’lim maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq — 2026” tadbirlari ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

📍Jumladan, 79-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan bayram tadbirida xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, kotibiyat mudiri Murotova Lola Ne'matjon qizi ishtirok etdi.

🗣Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Unda yoshlarimiz Yangi O‘zbekistonning eng katta tayanchi, Uchinchi Renessans bunyodkorlari ekani alohida ta’kidlandi.

✨Bayram tadbirida bitiruvchilarning samimiy chiqishlari, kuy-qo‘shiq va sahna ko‘rinishlari, ustozlarga bildirilgan minnatdorchiliklar, quvonchli va unutilmas lahzalar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

✔️Tadbirda deputat bitiruvchilarga kelgusidagi hayot yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar, oliy ta’limga kirishda omad hamda yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shish tilaklarini bildirdi.

🌱Kelajak egalari bo‘lgan yoshlarimizga yorqin istiqbol va ulkan zafarlar tilaymiz!

Slide 1 of 4