Xalq deputtalri Qo'qon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Nosirov bir gurux yoshlar yetakchilari bilan faoliyat samaradorligini oshirish, deputatlar, Kengash bilan o‘zaro xamkorlikni kuchaytirish, maxallada yoshlarni saloxiyatini oshirish, deputatlik faoliyati masalalarida suxbatlashdi.
Suxbat davomida yoshlarning tadbirkorlik, an’anaviy va zamonaviy kasblarni egallash, axborot texnologiyalarini o‘rganish va xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qish xarajatlarini qoplash, ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi o‘quv kurslari uchun subsidiya ajratish, yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlari uchun subsidiya berish masallari muxokama qilindi.
Shuningdek, mahallalarda yoshlar salohiyatini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda deputatlik faoliyatiga oid dolzarb yo‘nalishlar yuzasidan atroflicha suhbatlashildi.
Muloqot davomida taklif va tashabbuslar tinglanib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.