Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Shilonzor tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
Chiqindilar muammosi deputat nazoratida
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
Hududdagi muammolar o‘rganildi va tegishli choralar belgilandi
янв.21
Chilonzor tuman hokimining yoshlar siyosati,ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari M.Kamilovga Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Murotova Lola Ne'matjon qizi 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining tasdiqlangan rejasiga muvofiq, 3-Katta Chilonzor okrugidan saylangan deputat Sultanov Bahodir Turgunovich saylovchilar oldida 2026-yilning I- choragidagi faoliyati bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Saidov Ulug‘bek Aripovich o‘z saylov okrugida joylashgan ko‘p qavatli uylar hamda ularga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv kompaniyalari faoliyatini o‘rgandi
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Kengash raisi Abdullayeva Barno Sayfutdinovna tomonidan Chilonzor tumani Sharq tongi mahallasi, Qizil Sharq ko‘chasidagi 29-uy oldidagi muammolar yuzasidan tegishli tashkilotga deputat so‘rovi yuborildi.

Mazkur hududda uy oldi yo‘laklarini asfalt qilish masalasi aholi tomonidan bir necha bor ko‘tarilgan. 

Hozirgi kunda ushbu joy betonlashtirilgan bo‘lib, ariqlarning to‘silib qolganligi hamda ko‘chaning bosh qismida bajarilgan asfalt ishlari sifatsizligi sababli yo‘laklarda yorilishlar yuzaga kelgan.

Natijada yog‘ingarchilik vaqtida hududda suv to‘planishi kuzatilmoqda, bu esa ayniqsa keksalar va aholi harakatlanishi uchun jiddiy noqulaylik tug‘dirmoqda.

🏡Shuningdek, mahalla aholisi tomonidan 29-uy oldiga keksalar uchun 4 dona o‘rindiq o‘rnatish zarurligi ham bildirilgan.

Mazkur masala yuzasidan mas’ul tashkilotlardan qonunchilikka muvofiq ravishda belgilangan muddatlarda asoslantirilgan javob taqdim etilishi kutilmoqda.

Slide 1 of 1