Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining majlisi ZOOM platformasi orqali bo‘lib o‘tdi.
янв.21
ALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (27 aprel-1 may)
янв.21
22-Mexrjon okrugi deputati Tuganbekov Oybek Baxrombekovich tomonidan joriy oy sessiyasiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar yuzasidan okrug hududiga chiqib, joyida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Shilonzor tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
Chiqindilar muammosi deputat nazoratida
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
Hududdagi muammolar o‘rganildi va tegishli choralar belgilandi
янв.21
Chilonzor tuman hokimining yoshlar siyosati,ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari M.Kamilovga Deputat so‘rovi yuborildi
Siyosiy partiyalar yig'ilishida tuman deputatlarining roli

💼 Kuni kecha "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari Toshkent shahar hamda tuman Kengashlaridagi deputatlik korpusi vakillari faol ishtirok etdi. Xususan, Uchtepa tumani deputatlari — F.Abdullayev, K.Azizov, S.Malikova, I.Abdullayev va A.Usmanovlar mazkur tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda qatnashdilar.

 💬 Yig‘ilish davomida deputatlarning saylovchilar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalasi asosiy e’tibor markazida bo‘ldi. Partiyaning Toshkent shahar Kengashi raisi M.E.Dadaxodjayeva o‘z nutqida deputatlik faoliyatida ochiq va doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi. Shu munosabat bilan har bir deputat oyiga kamida bir marotaba saylovchilar bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkazishi, hududlardagi dolzarb muammolarni joyiga chiqib o‘rganishi hamda ularning yechimiga amaliy ko‘mak ko‘rsatishi zarurligi qayd etildi.

 📇 Shuningdek, deputatlik faoliyatining shaffofligi va samaradorligini ta’minlash maqsadida har chorak yakunida saylovchilarga bajarilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berib borish lozimligi alohida urg‘ulandi. Bu talablar deputatlarning xalq oldidagi mas’uliyatini yanada oshirish, fuqarolar bilan bevosita aloqa mexanizmlarini kuchaytirish hamda hududlardagi muammolarni tezkor aniqlash va samarali hal etishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

 📁 Bugungi kunda Uchtepa tumanida “Adolat” SDPdan saylangan 8 nafar deputat faoliyat yuritmoqda. Ular tomonidan mahallalarda mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rganish, fuqarolar murojaatlarini hal etish hamda amaliy yordam ko‘rsatish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, joriy yilning birinchi choragida 4 ta deputatlik so‘rovi chiqarilgan bo‘lib, bu orqali qator dolzarb masalalar ko‘tarildi. Bundan tashqari, sessiya kun tartibiga kiritish uchun 2 ta deputatlik guruhi taklifi ilgari surildi.

 📊 Shu bilan birga, yig‘ilishda amalga oshirilayotgan ishlar hali yetarli darajada emasligi, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmayotgani ham tanqidiy ruhda qayd etildi. Deputatlar bundan tegishli xulosa chiqarib, o‘z faoliyatini yanada kuchaytirishi zarurligi ta’kidlandi.

 ↗️ Yig‘ilish yakunida partiya a’zoligi va a’zolik badallari masalasiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Ushbu yo‘nalishda tartib-intizomni mustahkamlash, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

 🗣 Umuman olganda, mazkur yig‘ilish deputatlik faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, saylovchilar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda hududlardagi muammolarni hal etishda amaliy natijadorlikni oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Slide 1 of 5