Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining majlisi ZOOM platformasi orqali bo‘lib o‘tdi.
янв.21
ALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (27 aprel-1 may)
янв.21
22-Mexrjon okrugi deputati Tuganbekov Oybek Baxrombekovich tomonidan joriy oy sessiyasiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar yuzasidan okrug hududiga chiqib, joyida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Shilonzor tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
Chiqindilar muammosi deputat nazoratida
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
Hududdagi muammolar o‘rganildi va tegishli choralar belgilandi
янв.21
Chilonzor tuman hokimining yoshlar siyosati,ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari M.Kamilovga Deputat so‘rovi yuborildi
“Chinor” mahallasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilgan ishlar o‘rganildi

“Chinor” mahallasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Raxmatova Muqaddas Bekpulatovna xizmat safari bilan Toshkent shahrida bo‘lganligi munosabati bilan, belgilangan haftalik ish rejaga asosan Navoiy shahar “Chinor” mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi. Ushbu o‘rganish Kotibiyat bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan olib borildi.

Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy muammolarini bartaraf etish va bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilayotgani kuzatildi. Xususan, 2026-yil davomida “Ayollar daftari” orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash va ularga manzilli yordam ko‘rsatish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilgani aniqlandi.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, 2026-yilda “Ayollar daftari”ga jami 80 nafar xotin-qizlar kiritilgan bo‘lib, ular turli toifalar bo‘yicha qamrab olingan. Jumladan, ishsiz, mehnat qilish istagida bo‘lgan, biroq doimiy ish joyiga ega bo‘lmagan 15 nafar xotin-qizning bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda. Shu bilan birga, tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan hamda kredit va boshqa moliyaviy resurslarga ehtiyojmand xotin-qizlar toifasi bo‘yicha o‘rganishlar natijasida hozircha muhtojlik aniqlanmagani qayd etildi.

Mahallada uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan xotin-qizlar bilan ham manzilli ishlar amalga oshirilmoqda. Ijarada yashovchi jami 2 nafar hamda uy-joyi ta’mirtalab holatda bo‘lgan 1 nafar xotin-qizlarning uy-joyini ta’mirlash ishlari belgilangani bu boradagi amaliy yordamning yorqin namunasi hisoblanadi.

Shuningdek, tibbiy, ijtimoiy va psixologik qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan 10 nafar xotin-qizlar bilan mutasaddi tashkilotlar hamkorligida tegishli ishlar olib borilmoqda. Ayni paytda, huquqiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 52 nafar xotin-qizga huquqiy maslahat va amaliy ko‘mak ko‘rsatish choralari belgilangan.

 “Chinor” mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash tizimi izchil tashkil etilgan bo‘lib, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, muammolarini o‘z vaqtida hal etish va jamiyatdagi faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, kelgusida xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, ularning daromad manbalarini ko‘paytirish va bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5