Toshkent davlat agrar universiteti talabalari uchun “Deputat va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.
8-dekabr – “Konstitutsiya qabul qilinganligining 33 yilligi” munosabati bilan Toshkent davlat agrar universitetida talaba-yoshlar ishtirokida “DEPUTAT VA TALABA-YOSHLAR” uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbirga "Adolat" sotsial demokratik partiyasi a’zosi, Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi deputati G.A.Ahmedova ishtirok etdi.
Bosh Qomusimiz millatimiz ruhiga, hayot tarzi va urf-odatlariga mos keladigan imon-e’tiqod, insof, diyonat, mehr-oqibat, or-nomus, iffat va hayo kabi eng ezgu fazilatlari haqida deputat G.A.Ahmedovа tegishlicha ma'lumotlar berib o'tdilar.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar yangilangan konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini yanada takomillashtirish va amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish uchun huquqiy asos yaratilganligi to’g’risida so’zladilar.
Savol-javoblar tarzda ochiq muloqot asosida bo‘lgan ushbu tadbir barchaga manzur bo‘ldi.