Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xidiyatullina Rima Rashitovna tomonidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga deputat so‘rovi yuborildi.
Mazkur so‘rov Qatortol 1-tor ko‘chasi, 37-uyda yashovchi fuqarolarning murojaati asosida yo‘llangan bo‘lib, unda tabiiy gaz ta’minotining uzilishi, elektr ta’minotidagi nosozliklar hamda issiq suv muammolari ko‘tarilgan.
So‘rovda ushbu holatning sabablari, huquqiy va texnik asoslari hamda muammoni bartaraf etish choralariga oid rasmiy tushuntirish berish so‘raldi.