Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri Matniyazov Akbar Qadirovich tomonidan E-Kengash platformasi orqali kelib tushgan murojaatlar hamda tizimga tegishli xizmat yozishmalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
📊 O‘rganish davomida:
▪️ Murojaatlarning dolzarbligi va mazmuni tahlil qilindi
▪️ Ularni ko‘rib chiqish muddatlariga rioya etilishiga e’tibor qaratildi
▪️ Ijroni ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi
✅ Murojaatlar bilan ishlashda tizimlilik, shaffoflik va tezkorlik ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanmoqda.