🔷Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati Abulqosimova Dilnoza Ochilovna tomonidan tumandagi Sazag‘on mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔷Unda mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati atroflicha tahlil qilindi. Jumladan, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda ularni o‘z vaqtida to‘lab berish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔷O‘rganish jarayonida aholi bilan suhbatlar o‘tkazilib, mavjud muammo va takliflar tinglandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.
👉Mazkur yo‘nalishdagi ishlar doimiy nazoratda ekanligi ta’kidlandi.