Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining majlisi ZOOM platformasi orqali bo‘lib o‘tdi.
янв.21
ALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (27 aprel-1 may)
янв.21
22-Mexrjon okrugi deputati Tuganbekov Oybek Baxrombekovich tomonidan joriy oy sessiyasiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar yuzasidan okrug hududiga chiqib, joyida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Shilonzor tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
Chiqindilar muammosi deputat nazoratida
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
Hududdagi muammolar o‘rganildi va tegishli choralar belgilandi
янв.21
Chilonzor tuman hokimining yoshlar siyosati,ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari M.Kamilovga Deputat so‘rovi yuborildi
#deputat_sorovi 🇺🇿 Gulobod mahallasida yangi bog‘cha qurilishi yuzasidan deputatlik nazorati kuchaytirilmoqda

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Fazliddin Ruziyev tomonidan Ishtixon tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i v.v.b. Sh.Urakovga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qarorida belgilangan Gulobod mahallasi hududida yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot so‘ralgan.

🔹 2026-yil I choragi davomida bajarilgan ishlar;

🔹 Qurilish jarayonining bugungi holati;

🔹 Obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish imkoniyati;

🔹 Qurilish ishlari sifati va mavjud muammolar yuzasidan asoslantirilgan ma’lumotlar taqdim etilishi so‘ralgan.

Mazkur deputatlik so‘rovi Gulobod mahallasida bolalar uchun zamonaviy va qulay maktabgacha ta’lim sharoitlarini yaratish, bog‘cha qurilishi ishlarini jadallashtirish hamda loyiha ustidan samarali nazoratni ta’minlashga qaratilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1