Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (27 aprel-1 may)
янв.21
22-Mexrjon okrugi deputati Tuganbekov Oybek Baxrombekovich tomonidan joriy oy sessiyasiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar yuzasidan okrug hududiga chiqib, joyida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Shilonzor tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
Chiqindilar muammosi deputat nazoratida
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
Hududdagi muammolar o‘rganildi va tegishli choralar belgilandi
янв.21
Chilonzor tuman hokimining yoshlar siyosati,ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari M.Kamilovga Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Murotova Lola Ne'matjon qizi 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
OBISIYO MAHALLASIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi T.Soliyev hamda kotibiyat mudiri M.Qoraboyeva tomonidan Obisiyo mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar yigʻini raisi saylovi toʻgʻrisida”gi O‘RQ-499-sonli Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Jumladan, fuqarolar yig‘ini raisi saylovi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridagi muhim demokratik jarayon ekani, saylovlar oshkoralik, tenglik, erkinlik hamda yashirin ovoz berish tamoyillari asosida o‘tkazilishi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, nomzodlarni ilgari surish tartibi, saylovni tashkil etish va o‘tkazish jarayonlari, ovoz berish tartibi hamda natijalarni aniqlash mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Yig‘ilish yakunida ishtirokchilarning savollariga javoblar berilib, mahalla boshqaruvida qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Slide 1 of 3