Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (20-24 aprel)
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
"Deputat va yoshlar" uchrashuvi o'tkazildi
янв.21
Chilonzor tumani Kengashi deputati tomonidan so‘rov yuborildi.
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
Chilonzor tumani FHDYo bo'limida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaati asosida amaliy choralar ko‘rilmoqda.
янв.21
8-Lutfiy saylov okrugida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Deputat axboroti eshitildi
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputatlarining tuman hokimligi mas'ul rahbarlar bilan birgalikda sayyor qabul o'tkazildi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati – deputatlar e’tibor markazida

 Hududlarda ijtimoiy sohani rivojlantirish, ayniqsa maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish masalalari bugungi kunda ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputatlari G.Bobojonova hamda X.Xamidovlar tomonidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi. Tuman Kengashi deputatlari Mingchinor mahalla fuqarolar yig‘inidagi 17-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurib, unda yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining sifati hamda bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida muassasaning moddiy-texnik bazasi, guruh xonalarining jihozlanishi, ovqatlanish sifati va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi atroflicha o‘rganildi. Deputatlar tomonidan, ayniqsa, bolalarning zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tarbiyalanayotgani, o‘quv jarayonida innovatsion metodlarning qo‘llanilayotgani alohida e’tirof etildi. Shu bilan birga, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 

Muloqot jarayonida muassasa rahbariyati va pedagog xodimlar bilan ochiq suhbat o‘tkazilib, sohadagi dolzarb masalalar, xususan,
kadrlar malakasini oshirish, ta’lim sifatini yanada yaxshilash hamda ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida kelgusida maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish, bolalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, shuningdek, ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Mazkur o‘rganish ishlari hududlarda ijtimoiy sohani rivojlantirish, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash yo‘lidagi tizimli ishlarning uzviy davomi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. 

Slide 1 of 4