Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (20-24 aprel)
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
"Deputat va yoshlar" uchrashuvi o'tkazildi
янв.21
Chilonzor tumani Kengashi deputati tomonidan so‘rov yuborildi.
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
Chilonzor tumani FHDYo bo'limida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaati asosida amaliy choralar ko‘rilmoqda.
янв.21
8-Lutfiy saylov okrugida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Deputat axboroti eshitildi
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputatlarining tuman hokimligi mas'ul rahbarlar bilan birgalikda sayyor qabul o'tkazildi.
Bitiruvchilar e’tibor markazida: deputat bilan ochiq muloqot

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashining 11-Muqumiy saylov okrugi deputati Zoir Shodmonov Bog'ishamol mahallasidagi Jizzax davlat pedagogika texnikumi bitiruvchilari bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuv davomida yoshlarning kelajak rejalari, kasb tanlashdagi muhim jihatlar hamda bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha suhbatlashildi.

Deputat bitiruvchilarga zamonaviy kasblarni egallash, bilim va ko‘nikmalarni muntazam oshirib borish zarurligini ta’kidlab, ularni yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga undadi. Shuningdek, yoshlarning muammolari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Zoir Shodmonov bitiruvchilarga kelgusi hayot yo‘lida muvaffaqiyat tilab, ularning har biri o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishiga ishonch bildirdi.

Slide 1 of 4