Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
Deputat U.Saidov deputat so'rovi yo'lladi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YO‘LLANDI
янв.21
25-Yakkabog' saylov okrugidan saylangan deputat Mirzaulukov Zafar Zohid o'g'liga biriktirilgan xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Mirzayeva Hulkar tomonidan Yakkabog' mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uy liftining texnik holati o‘rganildi
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
11-Ko‘tarma saylov okrugi deputati Saidov Ulug‘bek Aripovich o‘z saylov okrugi hududidagi Ko‘tarma mahallasiga navbatdagi tashrifni amalga oshirdi.
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
Fuqarolar bilan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Munosabat
Deputat va yoshlar uchrashuvi – ochiq muloqot maydoni

Deputat va yoshlar uchrashuvi – ochiq muloqot maydoni

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati M.Kalonоv tomonidan Navoiy davlat universitetida talabalar ishtirokida ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur uchrashuv yoshlar bilan muloqotni mustahkamlash, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda dolzarb masalalarni muhokama qilishga qaratildi.

Uchrashuv davomida deputat M.Kalonav mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim tizimidagi islohotlar hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari haqida atroflicha ma’lumot berdi. Shuningdek, talabalarni qiziqtirayotgan savollarga javob qaytarib, ularning taklif va mulohazalarini diqqat bilan tingladi.

Talabalar tomonidan ta’lim sifati, amaliyot imkoniyatlari, bandlik masalalari va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga oid qator takliflar ilgari surildi. Deputat mazkur takliflarni inobatga olish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishini ta’kidladi.

Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan erkin fikr bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bunday muloqotlar yoshlarning faolligini oshirish, ularni jamiyat hayotiga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yakun sifatida, bu kabi uchrashuvlarni muntazam ravishda tashkil etish, yoshlar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 4