Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati A.Karimov tumandagi “Movarounnahr”, “Mingo‘rik”, “Sh.Rashidov” va “Afrosiyob” MFYda bo‘lib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarining borishi bilan nazorat tadbiri tariqasida tanishdi. Xatlov jarayonlarini fuqarolarga census.stat.uz rasmiy veb-sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkinligi hamda mazkur tadbir o‘tkazilishidan asosiy maqsad, kelgusida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash uchun zarur ma’lumotlar bazalarini shakllantirish ekanligi haqida tushunchalar berdi.
Shuningdek, deputat ro‘yxatga olish tadbirlari jarayoni bilan bog‘liq fuqarolar tomonidan berilgan savollarga javob berib, ularni mazkur tadbirda faol ishtirok etishlarini tavsiya qildi.
Hurmatli vatandoshlar, ushbu jarayonda faoli ishtirok eting, garchi bu jarayonlar mamlakatimizning iqtisodiy barqarorligi va kelajagi uchun juda muhim jarayondir.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: