Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Chilonzor tumani Lutfiy mahalla fuqarolar yig‘inida “Ayollar daftari”ni shakllantirish yuzasidan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 19-Sharq saylov okrugi deputati Tadjiyeva Muxabbat Xaydaraliyevna tomonidan okrug hududidagi mahallalarda o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Maxmudova Donoxon Artikovna tomonidan o‘z okrugida olib borilgan tizimli o‘rganishlar natijasida aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan eng dolzarb masalalardan biri — ichki yo‘llar holati ekani aniqlan.
янв.21
Deputat tomonidan mahalladagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Deputat o'z okrugida o'rganish ishlarini olib bordi
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Xidiyatulina Rima Rashidovnaning saylovchilar bilan uchrashuvlari va hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda.
янв.21
Deputat nazoratida: Mehr ko‘chasida ta’mirlash ishlari olib borildi
янв.21
Deputat tomonidan aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Ehtiyojmand aholi holidan xabar olindi
янв.21
Beshyog‘och mahallasida xavfsizlik va obodonlashtirish masalalari qat’iy nazoratga olindi
🚦 Maktab oldida svetofor o‘rnatish masalasi ko‘tarildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati S.Abdug‘aniyev tomonidan Ishtixon tumani Ichki ishlar bo‘limi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i N.Ibragimovga deputat so‘rovi yuborildi.

📍 Mazkur so‘rov Mitan shaharchasida joylashgan 2-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi yonidagi yo‘lda yuzaga kelgan muammo yuzasidan yo‘llangan.

Uchrashuvlar davomida aholi hamda “mahalla yettiligi” tomonidan maktab atrofida piyodalar xavfsizligini ta’minlash, xususan svetofor o‘rnatish zarurati borasida ko‘plab murojaatlar bildirilgan.

🔧 Aniqlanishicha, mazkur hududdagi piyodalar o‘tish joyiga o‘rnatilgan ko‘chma svetofor nosoz holatga kelganligi sababli olib qo‘yilgan bo‘lib, hozirga qadar qayta o‘rnatilmagan.

⚠️ Hududda maktab bilan bir qatorda shifoxona va mahalla binosi joylashganligi bois, ayniqsa bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida svetoforni qayta o‘rnatish dolzarb masala hisoblanadi.

📌 Deputat tomonidan ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida rasmiy so‘rov yuborildi.

🕒 Mazkur so‘rov ijrosi belgilangan tartibda nazoratga olingan. 

Slide 1 of 1