Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazoratida: Mehr ko‘chasida ta’mirlash ishlari olib borildi
янв.21
Deputat tomonidan aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Ehtiyojmand aholi holidan xabar olindi
янв.21
Beshyog‘och mahallasida xavfsizlik va obodonlashtirish masalalari qat’iy nazoratga olindi
янв.21
Boshqaruv kompaniyasi faoliyati o‘rganildi va amaliy ishlar olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Kim Marina Melisovna tashabbusi bilan“O‘zbek xalq ertaklari yo‘llarida” nomli an’anaviy tanlov tashkil etildi.
янв.21
Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish — ustuvor vazifa
янв.21
Chilonzor tumanida hokimning ommaviy qabuli o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Saidova Shukrona To‘xtaevnaning Nafosat mahallasida o‘rganish ishlari.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI MUAMMOLAR YECHIMI NAZORATDA
Yangi sanoat qudrati – taraqqiyot va farovonlik poydevori

Yangi sanoat qudrati – taraqqiyot va farovonlik poydevori

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hududida 3-mis boyitish fabrikasining ishga tushirilishi mamlakatimiz sanoat salohiyatini yanada yuksaltirish yo‘lida muhim tarixiy voqea bo‘ldi. Ushbu loyiha nafaqat ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, balki zamonaviy texnologiyalar asosida xomashyoni chuqur qayta ishlash orqali qo‘shimcha qiymat yaratishga xizmat qiladi.Muborak Ramazon hayiti hamda Navro‘z ayyomi arafasida yurtimizda sanoat, energetika, infratuzilma, servis va ijtimoiy sohalarda qator yirik loyihalarning ishga tushirilayotgani davlatimizning izchil taraqqiyot strategiyasidan dalolat beradi. Har bir hududda barpo etilayotgan yangi uy-joy massivlari, ta’lim va tibbiyot muassasalari, turizm va madaniyat maskanlari aholining turmush darajasini oshirishga qaratilgan muhim omillardir.Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, amalga oshirilayotgan barcha bunyodkorlik ishlari yagona maqsadga — iqtisodiyotni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, mahallalarda Yangi O‘zbekiston qiyofasini shakllantirish hamda xalq farovonligini oshirishga xizmat qiladi. 2 milliard 700 million dollarlik mazkur loyiha esa nafaqat yirik sanoat korxonasi, balki mamlakatimizning sanoat qudratini mustahkamlovchi zamonaviy industrial majmua sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati sifatida ta’kidlash joizki, bunday yirik loyihalar hududlar iqtisodiyotiga kuchli turtki beradi. Xususan, yangi ish o‘rinlarining yaratilishi, mahalliy mutaxassislar bandligining oshishi, shuningdek, xizmat ko‘rsatish va infratuzilma sohalarining rivojlanishi kuzatiladi. Bu esa o‘z navbatida aholi daromadlarini oshirish va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan korxonalar ekologik talablar va samaradorlik mezonlariga javob berishi, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlashi muhim ahamiyatga ega. Mazkur fabrika ham ushbu talablar asosida barpo etilgani bilan e’tiborga loyiqdir.Xulosa qilib aytganda, 3-mis boyitish fabrikasining ishga tushirilishi mamlakatimiz sanoat rivojida yangi bosqichni boshlab berdi. Bunday loyihalar Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida muhim qadam bo‘lib, xalqimiz farovonligini oshirish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va kelajak avlod uchun mustahkam poydevor yaratishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Murodov Nodirjon Abdulloyevich

Slide 1 of 1