Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish — ustuvor vazifa
янв.21
Chilonzor tumanida hokimning ommaviy qabuli o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Saidova Shukrona To‘xtaevnaning Nafosat mahallasida o‘rganish ishlari.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI MUAMMOLAR YECHIMI NAZORATDA
янв.21
Navro‘z bayrami munosabati bilan faxriy fuqaro holidan xabar olindi.
янв.21
Guliston mahallasidagi muammolar bo‘yicha deputat so‘roviga rasmiy javob berildi.
янв.21
Beshyog‘och mahallasi Furqat ko‘chasidagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi va ta’minoti deputat tomonidan o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar bandligi muhokama qilindi
янв.21
G‘avhar mahallasidagi ichki ko‘chalar holati o‘rganildi
Chilonzor tumanida hokimning ommaviy qabuli o‘tkazildi

Chilonzor tumani hokimligi binosi old maydonida tuman hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev tomonidan aholi uchun navbatdagi ommaviy qabul tashkil etildi. Qabulda xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlari D.Mahmudova, M.Tashmuhammedova, Sh. Ahmedov, A. Mavlonovlar ishtirok etishdi. 

Qabul jarayonida 80 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etib, jami 42 ta murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaatlarning 18 tasi joyida ijobiy hal etildi hamda 1 nafar fuqaro murojaati yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.

Qolgan 23 ta murojaat bo‘yicha mas’ullarga aniq muddatlar belgilanib, ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Mazkur ommaviy qabullar aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda ularning murojaatlariga tezkor yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 4