Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Mavlonovaning 2025-yil davomida “Ayollar daftari”ning 6-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.
Hisobot davomida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda turli ijtimoiy yordamlar ko‘rsatish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Yig‘ilish yakunida mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.