Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi huzuridagi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan Boyovut tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan tuman Madaniyat bo‘limi rahbari Sherzod Holmurotov hisobot berib, hududdagi madaniyat muassasalari faoliyati, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, aholiga ko‘rsatilayotgan madaniy xizmatlar sifati hamda sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot taqdim etdi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan sohaga oid mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
Muhokamalar yakunida Qonun ijrosini ta’minlash, madaniyat muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi va mazkur masalani Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha taklif bildirildi.