Deputat so‘rovi yuborildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Muqimova tomonidan saylovchilar murojaatlari asosida Azizobod mahallasi Xonzurun ko‘chasidagi 900 metr yo‘lni ta’mirlash masalasi o‘rganildi.
Mazkur hududdagi yo‘lning holatini yaxshilash, aholiga qulaylik yaratish maqsadida ushbu ko‘chani shag‘allashtirish yoki asfaltlashtirish choralarini ko‘rish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborildi.
Masalaning ijrosi deputat tomonidan nazoratga olindi.
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati