Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish — ustuvor vazifa
янв.21
Chilonzor tumanida hokimning ommaviy qabuli o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Saidova Shukrona To‘xtaevnaning Nafosat mahallasida o‘rganish ishlari.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI MUAMMOLAR YECHIMI NAZORATDA
янв.21
Navro‘z bayrami munosabati bilan faxriy fuqaro holidan xabar olindi.
янв.21
Guliston mahallasidagi muammolar bo‘yicha deputat so‘roviga rasmiy javob berildi.
янв.21
Beshyog‘och mahallasi Furqat ko‘chasidagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi va ta’minoti deputat tomonidan o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar bandligi muhokama qilindi
янв.21
G‘avhar mahallasidagi ichki ko‘chalar holati o‘rganildi
Nazorat -tahlil

Angor tuman Tibbiyot birlashmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi “2025–2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–186-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritildi. Mazkur masala yuzasidan xalq deputatlari Angor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida bolalar o‘rtasida onkologik kasalliklarni erta aniqlash, zamonaviy diagnostika va davolash jarayonlari, mutaxassislar bilan ta’minlanganlik, tibbiy jihozlar holati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati atroflicha tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, sessiyada mas’ullarning hisoboti eshitilishi belgilandi.

Slide 1 of 1