Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi orqali aholi muammosiga e’tibor qaratildi
янв.21
Tashabbusli budjet" jarayonining 1-mavsum kelib tushgan loyihalar bo‘yicha ishchi komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Chilonzor tumanidagi 280-sonli maktabda “Ayol va muvaffaqiyat: yangi ufqlar” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Chilonzor tumanida fuqarolar muammolari o‘rganilmoqda.
янв.21
Chilonzor tumani Guliston okrugida aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Ayollar manfaati – davlat siyosati markazida.
янв.21
Deputat so‘roviga rasmiy javob
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlarining tuman hokimligi mas’ul rahbarlari bilan birgalikda saylangan okrugida o‘tkaziladigan uchrashuvlari davom etmoqda
янв.21
Katta Olmazor mahallasida xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati tomonidan saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
янв.21
Chilonzor tumanida fuqaro murojaati yuzasidan deputatlik so‘rovi ijrosi ta’minlandi.
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan Zomin tumani “Jizzax suv taʼminoti” AJ Zomin tuman filialiga deputatlik so‘rovi chiqarildi.

So'rovda, Bog‘ishamol mahallasida o'tkazilgan sayyor qabulda mazkur mahallaning Bog‘i-eram ko‘chasida yashovchi fuqarolar tomonidan ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar ko‘tarilgan.

Ta’kidlanishicha, mahalla hududi umumiy hisobda ichimlik suvi tarmog‘iga ulangan bo‘lsa-da, Bog‘i-eram ko‘chasidagi xonadonlar hali ham markazlashgan ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlanmagan. Natijada ushbu hududlarda yashovchi aholi suv ta’minotida qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olib, mazkur muammoni bartaraf etish, mavjud suv tarmoqlarini kengaytirish hamda ichimlik suvi yetib bormagan ko‘chalarga qo‘shimcha quvurlar tortish orqali murojaatni ijobiy hal qilish choralarini ko'rish so‘ralgan.