Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi orqali aholi muammosiga e’tibor qaratildi
янв.21
Tashabbusli budjet" jarayonining 1-mavsum kelib tushgan loyihalar bo‘yicha ishchi komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Chilonzor tumanidagi 280-sonli maktabda “Ayol va muvaffaqiyat: yangi ufqlar” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Chilonzor tumanida fuqarolar muammolari o‘rganilmoqda.
янв.21
Chilonzor tumani Guliston okrugida aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Ayollar manfaati – davlat siyosati markazida.
янв.21
Deputat so‘roviga rasmiy javob
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlarining tuman hokimligi mas’ul rahbarlari bilan birgalikda saylangan okrugida o‘tkaziladigan uchrashuvlari davom etmoqda
янв.21
Katta Olmazor mahallasida xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati tomonidan saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
янв.21
Chilonzor tumanida fuqaro murojaati yuzasidan deputatlik so‘rovi ijrosi ta’minlandi.
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J. Xudoyqulova tumandagi “Xalqobod” mahallasida bo‘lib, aholi tomorqalaridan foydalanish holati bilan joyida tanishdi.

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J. Xudoyqulova tumandagi “Xalqobod” mahallasida bo‘lib, aholi tomorqalaridan foydalanish holati bilan joyida tanishdi.

O‘rganish jarayonida tomorqalarda ekin ekish, issiqxona tashkil etish, mavsumiy hosil yetishtirish hamda tomorqalardan daromad manbai sifatida foydalanish masalalari tahlil qilindi. Shuningdek, ayrim xonadonlarda tomorqadan to‘liq foydalanilmayotgani, sug‘orish, urug‘-ko‘chat yetishmovchiligi hamda maslahatga ehtiyoj borligi aniqlandi.

Deputat tomonidan tomorqalardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, aholini zarur agrotexnik maslahatlar bilan ta’minlash, issiqxona tashkil etish bo‘yicha ko‘mak ko‘rsatish hamda bandlikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik yo'lga qo'yilishi belgilandi.

Bu kabi o‘rganishlar aholining daromadini oshirish, tomorqalardan unumli foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda kambag‘allikni qisqartirishga xizmat qiladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 2