Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Zarqo‘rg‘on mahallasi hududidagi muammolar o'rganildi
янв.21
Deputat Abdullayeva Barno Sayfutdinovna saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi Yakkatut-saylov okrugi deputati deputati Shodmonov Shoxrux O‘ktamovich saylovchilar oldida 2025-yil IV-chorak davomida qilingan ishlar to‘g‘risida axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Azam Mavlonov 2025-yilning to‘rtinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati, 18-«Guliston» saylov okrugidan saylangan Kim Marina Melisovna tomonidan 2025-yilning to‘rtinchi choragi yakunlari yuzasidan saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
янв.21
Deputatlarga amaliy ko‘mak
янв.21
“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida hamkorlik qilishga kelishib olindi.
янв.21
Fuqarolar muammolari – deputat e’tiborida
янв.21
«Xalqlar do‘stligi» va «Dilobod» mahallalarida transport harakatini tartibga solish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash muammosi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Ijtimoiy soha muassasalari o‘rganildi
«Xalqlar do‘stligi» va «Dilobod» mahallalarida transport harakatini tartibga solish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash muammosi deputat nazoratiga olindi

 Chilonzor tumani 6-mavze hududida joylashgan «Xalqlar do‘stligi» va «Dilobod» mahalla fuqarolaridan okrug deputati D.Isxakovga murojaat kelib tushdi. Murojaatda mazkur mahalla hududida yaqinda faoliyatini boshlagan masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «EMU – Universitet» o‘quv muassasasiga tahsil olish uchun kelayotgan talabalar tomonidan shaxsiy avtotransport vositalaridan keng foydalanilayotgani natijasida yo‘l tirbandliklari yuzaga kelayotgani qayd etilgan. 

Fuqarolarning ta’kidlashicha, mazkur holat mahalla ichki yo‘llarida harakat xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek,
tez tibbiy yordam va yong‘in o‘chirish xizmatlari kabi maxsus avtotransport vositalarining hududga erkin kirib-chiqishida jiddiy qiyinchiliklar vujudga kelmoqda.
 

Bundan tashqari, ushbu hududda joylashgan 178-son va 182-son umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash masalasi alohida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 

Mazkur murojaat yuzasidan xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Isxakov Doniyor Maxmudovich tomonidan tegishli vakolatli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborildi.  

Deputat so‘rovida hududda transport harakatini tartibga solish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda mavjud muammoni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rish masalalari ko‘tarilgan. 

Ayni vaqtda mazkur masala yuzasidan mas’ul idoralar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilishi va qonunchilik doirasida tegishli
qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.
  

Slide 1 of 1