Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Botir Zaripov Buxoro shahridagi 30-maktabda “Mustaqillik darsi”da ishtirok etdi
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, hudud faollari ishtirok etdi.
янв.21
🔵Yangi imkoniyatlar va ulkan marralar sari
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Buxoro tumani Koʻchkoʻmar MFYda sayyor qabul oʻtkazdi.
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
"Tashabbusli budjet" – xalq tashabbusi va taraqqiyot mezoni.
янв.21
Yoshlar bandligini taʼminlash va oliy taʼlim bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrosi yuzasidan hisoboti
янв.21
Xalq deputatlari “Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasini koʻrib chiqdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, doimiy komissiyalar raislari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, mahalla raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. 

Sessiyada ishida  Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining bo‘shab qolgan 11-Obod saylov okrugi bo‘yicha o‘tkazilgan saylov yakunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 fevraldagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-sonli Farmonining Jondor tumanida ijrosi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 3 dekabrdagi PQ-31-son qarorining 19-bandi ijrosini ta’minlash yuzasidan tumanda amalga oshirilgan ishlar, Jondor tumanidagi vakillik va ijroiya hokimiyati organlarining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha faoliyatining samaradorligi, 2023 yilda 2-bosqich jamoatchilik fikri asosida g‘olib takliflarni “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish hamda Jondor tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish orqali ishsizlikdan хoli hududga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar kabi masalalar ko‘rib chiqildi. 

Kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha muhokama qilinib tegishli qarorlar qabul qilinib, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘z ishini yakunladi. 

Slide 1 of 15