Bugun, Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi 25-Navbahor saylov okrugidan saylangan deputat Jumavoy Rahmonqulov hamda "Navbahor" mahallasining faol nuroniylari bilan hamkorlikda, hududdagi 32-sonli MTTdagi shart-sharoit bilan yaqindan tanishdi.
Dastlab, ta’lim tashkilotidagi oshxonada sanitar holat ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilarga bolajonlarni taomnomada belgilangan me’yor bo‘yicha ovqatlantirish, sanitar normalarga amal qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, qish mavsumida MTT xonalarida issiqlik me’yorini ta’minlash masalasi ham o‘rganildi.
MTT rahbariga o’rganishlar jarayonida aniqlangan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralari tushuntirildi.