Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiya islohotlar yoʻlidagi eng katta toʻsiq va gʻovdir
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlari deputat nazoratida
янв.21
DEPUTATLAR XALQ ORASIDA
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisining tegishli farmoyishi asosida ishchi guruhi oʻz ishini boshladi.
янв.21
14-yanvar - "Vatan himoyachilari kuni!"
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi
янв.21
Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiya ikkinchi yigʻilishi
янв.21
Vobkent: xalq vakili issiqxonasidagi faoliyati bilan ham ibrat...
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining birinchi majlisi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining birinchi majlisi boʻlib oʻtdi.
Vobkent: xalq vakili issiqxonasidagi faoliyati bilan ham ibrat...

Tomorqasida issiqxona qurib, yilda ikki–uch bor barakali hosil olayotgan, sitrus meva nihollarini avaylab–asrab ko‘paytirib, qator orasida pomidor–bodring, bulg‘or qalampiri, karam yoki sarimsoqpiyozmi, turli ko‘katlar yetishtirayotgan mirishkorlarga havas qilsa arziydi. Ekin yerining har qarichidan unumli foydalanib, hovli–joyini bog‘–chorboqqa aylantirgan bunday dehqon mirishkorlar oramizda juda ko‘p. 

Vobkent tumanida ham tomorqadan samarali foydalanib, oila farovonligi, bozorlarimiz to‘kinligiga munosib hissa qo‘shayotgan yurtdoshlarimiz ko‘pchilikni tashkil etadi. Ular orasida sitrus meva yetishtirayotganlar safi ham kengaymoqda.  “Quruvchi” MFYda yashovchi Muborak Naimova O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasidan tuman Kengashi deputati. Uning xalq vakili sifatidagi faoliyati bilan birga ikkinchi daromad manbai sifatida hovlisidagi tomorqa yerida dehqonchilik qilib kelmoqda. "Mening serdaromad bog‘im" loyihasi doirasida Muborak Naimova oila a’zolari bilan birga 1,5 sotixdan iborat issiqxonasida sabzavot mahsulotlari bilan birga, limon yetishtirish tajribasini o‘zlashtirgan. 

— Ekin yerimiz katta emas, ammo shu yerda ro‘zg‘orimizga yarasha har yili kartoshka, piyoz, bodring, pomidor kabi sabzavot va ko‘katlarni yetishtirib, shundan daromadimizni oshirmoqdamiz. Keyinchalik  "Mir" naviga mansub serhosil sitrus meva nihollarini topib kelib o‘tqazib, parvarishlash, hosildorlikni oshirish agrotexnikasini obdon o‘rgandik, — deydi mirishkor xonadon sohibasi Muborak Naimova. — Har mavsum oldidan yer tayyorlashga alohida e’tibor qaratib, tuproq unumdorligini oshirib, "sharbat" usulida sug‘orib, har kuni yerda ishlab, niholga mehr berishni odat qilganmiz. Albatta, peshona terimiz evaziga bugunga kelib ekin yerimizdan mo‘l hosil olmoqdamiz. Limon butalarimizdan ham yaxshigina hosil olib, daromadga erishmoqdamiz. Asosiysi, qishki mavsumda ham ekin yerimiz har qarichini bo‘sh qoldirmasdan, dasturxonimizni sabzavot va limon mahsulotlari bilan to‘ldirmoqdamiz.  

Jumladan, deputat ayol jamoatchilik ishi bilan birga, o‘z hovlisidagi isssiqxonasida 15 tupda limon, 5 tup mandarin va 5 tup apelsin butalarini yetishtirib, tomorqasidan samarali foydalanmoqda. Issiqxonada har mavsumda har bir limon butasidan 50 kilogramga yetkazib, mandarinning har tupidan 30 kilogram atrofida hosil olishga erishmoqda. Bunda unga farzandlari yaqin ko‘makdosh, albatta. Shuningdek, deputat tomonidan mahallada tomorqachilikka, issiqxona faoliyatiga ishtiyoqi bo‘lgan xotin-qizlarga mahorat darslari ham tashkil etilgan. 

Slide 1 of 3