35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Botir Zaripov Buxoro shahridagi 30-maktabda “Mustaqillik darsi”da ishtirok etdi
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, hudud faollari ishtirok etdi.
янв.21
🔵Yangi imkoniyatlar va ulkan marralar sari
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Buxoro tumani Koʻchkoʻmar MFYda sayyor qabul oʻtkazdi.
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
"Tashabbusli budjet" – xalq tashabbusi va taraqqiyot mezoni.
янв.21
Yoshlar bandligini taʼminlash va oliy taʼlim bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrosi yuzasidan hisoboti
янв.21
Xalq deputatlari “Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasini koʻrib chiqdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq jarang sochdi

Maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq jarang sochdi

Bugun Sariosiyo tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Bilimlar kuni” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Jumladan, tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan tantanali tadbirda xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Odiljon Yaqubov, soha mas’ullari, ustozlar, o‘quvchilar hamda ota-onalar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimi barchani O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi va yangi o‘quv yili boshlanishi bilan samimiy tabriklab, yurtimiz taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning o‘rni, mustaqillikning bebaho ne’mati hamda yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilariga an’anaga muvofiq “Prezident sovg‘asi” tantanali ravishda topshirildi.

Bayram tadbiri kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlar bilan davom etdi. Shundan so‘ng barcha sinflarda “Mustaqillik darslari” o‘tkazilib, unda Vatan ravnaqi, mustaqillikning qadr-qimmati, tinchlik, bilim va ma’rifatning hayotimizdagi beqiyos o‘rni haqida so‘z bordi.

Yangi o‘quv yilining boshlanishi o‘quvchilarni yangi marralar sari ilhomlantirsa, ustozlar zimmasiga yanada yuksak mas’uliyat yuklaydi. Bugun tumanimizning barcha maktablarida jaranglagan birinchi qo‘ng‘iroq ezgu maqsadlar va ulkan orzular sari dadil qadamlarning ramziga aylandi.

Slide 1 of 4