35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, hudud faollari ishtirok etdi.
янв.21
🔵Yangi imkoniyatlar va ulkan marralar sari
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Buxoro tumani Koʻchkoʻmar MFYda sayyor qabul oʻtkazdi.
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
"Tashabbusli budjet" – xalq tashabbusi va taraqqiyot mezoni.
янв.21
Yoshlar bandligini taʼminlash va oliy taʼlim bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrosi yuzasidan hisoboti
янв.21
Xalq deputatlari “Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasini koʻrib chiqdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
“Karmaki” mahallasidagi mavjud muammolar o‘rganildi

#Kengash_raisi_faoliyati
#mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik
#nazorat_tahlil

“Karmaki” mahallasidagi mavjud muammolar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 21-“Karmaki” saylov okrugidan saylangan deputat B.Mo‘minovning hududidagi “Karmaki” mahallasida tuman Kengashi raisi J.Xudoyqulova tashkilot mas’ullari hamda mahalla raisi bilan birgalikda mahallada amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolarni muhokama qildi.

Uchrashuv davomida mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash hamda fuqarolar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar olindi.

Shuningdek, mahalla raisi tomonidan hududda mavjud bo‘lgan ichki yo‘llar, obodonlashtirish, kommunal xizmatlar hamda boshqa ijtimoiy masalalar bilan bog‘liq muammolar bildirildi.

Bildirilgan murojaat va muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish, ularni imkon qadar ijobiy hal etish hamda zarur hollarda deputatlik nazorati doirasida tegishli choralar ko‘rish belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2