35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, hudud faollari ishtirok etdi.
янв.21
🔵Yangi imkoniyatlar va ulkan marralar sari
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Buxoro tumani Koʻchkoʻmar MFYda sayyor qabul oʻtkazdi.
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
"Tashabbusli budjet" – xalq tashabbusi va taraqqiyot mezoni.
янв.21
Yoshlar bandligini taʼminlash va oliy taʼlim bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrosi yuzasidan hisoboti
янв.21
Xalq deputatlari “Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasini koʻrib chiqdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
SOBIROBOD MAHALLASIDA OILAVIY AJRIMLARNING OLDINI OLISH MASALASI O‘RGANILDI
Uchrashuv davomida mahalla xotin-qizlar faoli bilan hamkorlikda oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish, nizoli oilalar bilan manzilli ishlash hamda fuqarolarga huquqiy va ma’naviy tushuntirishlar berish masalalari muhokama qilindi.

📝Mazkur uchrashuv deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida tashkil etilib, mahallada oilalar barqarorligi, xotin-qizlar masalalari, ijtimoiy muhit, yoshlar tarbiyasi va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi.

✅Ushbu jarayon O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

👉🏻Uchrashuv yakunida oilaviy nizolarni kelishuv asosida hal etish, ajrimlarning oldini olish, xotin-qizlar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda zarur hollarda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

✅ Yunusobod tumanida oilalar barqarorligini mustahkamlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish bo‘yicha deputatlik faoliyati davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!
Slide 1 of 2