35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, hudud faollari ishtirok etdi.
янв.21
🔵Yangi imkoniyatlar va ulkan marralar sari
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Buxoro tumani Koʻchkoʻmar MFYda sayyor qabul oʻtkazdi.
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
"Tashabbusli budjet" – xalq tashabbusi va taraqqiyot mezoni.
янв.21
Yoshlar bandligini taʼminlash va oliy taʼlim bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrosi yuzasidan hisoboti
янв.21
Xalq deputatlari “Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasini koʻrib chiqdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Bozorda asosiy iste’mol mahsulotlari narxi va yetarliligi o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputatlaridan tuzilgan ishchi guruh Taxiatosh dehqon bozorida aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlarning narx-navosi, savdoda mavjudligi va yetarliligini o‘rganishni davom ettirmoqda.

🔎 O‘rganish ishlarida Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich, deputat Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Turdiyev Anvar Xaytbayevich hamda “Ekspert guruhi” a’zolari ishtirok etdi.

🛢 Navbatdagi o‘rganish obyekti — o‘simlik yog‘i.
O‘rganish davomida:
🔹 mahsulotning amaldagi narxi;
🔹 savdoda mavjudligi;
🔹 aholining talabini qoplash darajasi;
🔹 mahsulotning uzluksiz ta’minlanishi holati ko‘zdan kechirildi.

💬 Shuningdek, savdo nuqtalarida xaridorlarga yaratilgan sharoitlar ham o‘rganilib, mavjud holat yuzasidan tegishli ma’lumotlar qayd etildi.

⬇️ Ishchi guruh tomonidan bozordagi boshqa asosiy iste’mol mahsulotlari narxi va yetarliligini o‘rganish ishlari ham davom ettiriladi.

Slide 1 of 1